Sayt va onlayn biznes haqida foydali maqolalar. (Maqolalar hozircha oʻzbek tilida.)
Biznes uchun sayt nega kerak?
Mijozlarning koʻpchiligi xizmat yoki doʻkon tanlashdan oldin internetdan qidiradi. Saytingiz boʻlmasa, ular sizni topa olmaydi yoki raqobatchini tanlaydi.
Telegram va Instagram yaxshi yordamchi, lekin ular sizniki emas: qoidalar oʻzgarishi mumkin va qidiruvda kam chiqadi. Oʻz saytingiz kuniga 24 soat ishlaydi, xizmatlaringiz, narxlaringiz va aloqa maʼlumotlaringizni bir joyda koʻrsatadi va ishonch uyongʻotadi.
Internet doʻkon sayti narxiga nimalar taʼsir qiladi?
Narx bir nechta narsaga bogʻliq: mahsulotlar soni, toʻlov tizimini ulash, dizayn murakkabligi, admin panel, saytdagi tillar soni, domen va hosting.
Maslahat: kichikdan boshlang. Avval asosiy mahsulotlar va buyurtma tugmasi bilan oddiy sayt chiqaring, savdo oʻsgach, qoʻshimcha imkoniyatlarni bosqichma-bosqich qoʻshing.
Tugʻilgan kun va sevishganlar uchun sayt — esda qolarli sovgʻa
Oddiy tabrik oʻrniga maxsus sayt sovgʻa qilish mumkin: rasmlar galereyasi, musiqa, sanab turuvchi taymer va yoqimli xabar. Sayt havola orqali yuboriladi va telefonda ochiladi.
Bunday saytlar tez tayyorlanadi, shuning uchun ular arzon. Ism, sana, rasmlar va matnni yuborsangiz kifoya.